AI pleylistlar generatori
AI pleylist generatori yordamida pleylist qanday yaratiladi?
Aynan siz uchun moslashtirilgan pleylistni kashf etishga tayyormisiz? Shunchaki Pleylistlar bo'limini oching va «AI pleylist» tugmasini tanlang. Nima izlayotganingizni tasvirlab bering - janr, kayfiyat, cholg'ular yoki boshqa aniq tafsilotlar - AI esa o'z sehrini ishga soladi. Pleylistingiz tayyor bo'lgach, sizga bildirishnoma keladi va u maroq bilan tinglashingiz uchun Pleylistlar bo'limida paydo bo'ladi.
So'rovlarga misollar
«Dam olishimga yordam beradigan, mayin vokal va minimalistik elektron bitlarga ega sokin indi pleylist.»
«Avtosayohat uchun jo'shqin kantri xitlari va nostalgik soft-rokdan iborat miks kerak.»
«Tungi mutolaa uchun ambient va neo-soul treklaridan iborat tinchlantiruvchi to'plam.»
Kayfiyatingizga mos qo'shiqlarning mukammal miksini olish uchun turli so'rovlar bilan tajriba qilib ko'ring. G'ayratli treklar kerakmi yoki bo'shashtiruvchi chill-out kuylarimi - AI pleylist generatori sizga moslab tanlangan to'plamni bir zumda taqdim etadi. Musiqadan zavqlaning!